A Seriya. “Inter” futbolchilari gol urgan o'yin durang bilan yakunlandi

Eldor Akmurzayev
19 apr 2021, 01:40
Italiya chempionati 31-turidan o'rin olgan “Napoli” – “Inter” bahsida 1:1 hisobi qayd etildi.

1-taymda “neradzurrilar” kiperi Samir Xandanovich o'z darvozasini ishg'ol etgan bo'lsa, 55-daqiqada hisobni tenglashtirdi.

Ochkolari sonini 75 taga etkazgan “Inter” turnir jadvalida yaqqol peshqadamlik qilmoqda. “Napoli” esa 60 ochko jamg'arib, 5-o'rindan yuqoriga ko'tarila olmadi.  

"Napoli" – "Inter" 1:1

"San-Paolo"

Gollar: 1:0 – 36, avtogol Xandanovich, 1:1 – 55 Eriksen.

"Napoli" – Meret, Manolas, Kulibali, Di Lorenco, Mariu Ruy, Demme, Zelinski (Elmaz, 88), Insine, Fabian Ruis (Bakayoko, 90), Politano (Xyusay, 90), Osimxen (Mertens, 74).

"Inter" – Xandanovich, Darmian (Perishich, 69), Bastoni, de Vrey, Xakimi, Brozovich, Eriksen (Galyardini, 84), Barella, Shkrinyar, Martines (Sanches, 75), Lukaku.

Ogohlantirishlar: Kulibali (38), Darmian (63), Demme (80), Politano (87), Mertens (88).

TURNIR JADVALI

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia