A Seriya. "Napoli" Genuyadagi o'yinni g'alaba bilan yakunladi

11 apr 2021, 20:57
Italiya A Seriyasi 30-turidan o'rin olgan navbatdagi uchrashuv nihoyasiga etdi.

Genuyada "Sampdoriya" mehmoni bo'lgan "Napoli" futbolchilari 2:0 hisobidagi g'alaba bilan ortga qaytadigan bo'lishdi. Jennaro Gattuzo jamoasining gollariga Fabian Ruis hamda Viktor Osimxen mualliflik qildi. 

Sergey Milinkovich-Savichning "Verona" darvozasiga urgan goli esa "Lacio"ga 3 ochko olib berdi.

Turnir jadvali

Sampdoriya – Napoli 0:2

11 aprel, 18.00, "Luidji Ferraris"

Gollar:

0:1 – 35 Fabian Ruis, 0:2 – 87 Osimxen.

Sampdoriya – Audero, Yosida, Kolli, Bereshinski, Audjello, Yankto (Verre, 86), Torsbyu, Kandreva, Damsgor (Leris, 86), Gabbyadini, Kualyarella (Keyta Balde, 67).

Napoli – Ospina, Manolas, Di Lorenco, Mariu Ruy, Kulibali, Zelinski (Mertens, 74), Demme, Insine (Elmaz, 90), Fabian Ruis (Bakayoko, 90), Politano (Losano, 74), Osimxen.

Ogohlantirishlar:

Manolas (24), Kulibali (46), Losano (78).

Verona – Lacio 0:1

11 aprel, 18.00, "Mark Antonio Bentegodi"

Gol:

0:1 – 90 Milinkovich-Savich.

Verona – Silvestri, Davidovich, Dimarko (Chekkerini, 76), Manyani, Faraoni, Sturaro, Lazovich, Dzakkani (Bessa, 76), Velozu (Ilich, 69), Barak (Salsedo, 85), Lazanya (Kalinich, 85).

Lacio – Reyna, Marushich, Acherbi, Radu, Akpa-Akpro (Parolo, 83), Milinkovich-Savich, Fares (Lulich, 75), Leyva (Eskalante, 83), Luis Alberto (Pereyra, 75), Kaysedo (Muriki, 68), Immobile.

Ogohlantirishlar:

Kaysedo (49), Luis Alberto (72).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia