A Seriya. "Milan" yana ochko yo'qotdi

Italiya chempionati 25-tur bahslari davom etadi.

Mazkur turda "Milan" "Fiorentina" mehmoni bo'ldi. "Rossonerilar" Ante Rebichning goli evaziga 56-daqiqada o'yinda hisobni ochishdi. Birozdan so'ng uchrashuvni boshqarib borayotgan Artemion Franchi mezbonlar himoyachisi Dalbertni maydondan chetlatdi. Shunday bo'lishiga qaramay, "Milan" g'alabani ushlab qololmadi yoki florenciyaliklar iroda namoyish qilib hisobni tenglashtirishdi. 85-daqiqadda sobiq "rossoneri" Patrik Kutrone ishlagan penaltini Pulgar golga aylantirib, uchrashuvda yakuniy hisobni o'rnatdi, 1:1.

A Seriya musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.

Fiorentina – Milan 1:1 

23 fevral, 00.45, Artemio Franki

Gollar:

0:1 – 56 Rebich, 1:1 – 85, penalti Pulgar.

Fiorentina – Drongovski, Lirola (Igor Julio, 73), Kaseres, Milenkovich, Dalbert, Pulgar, Dankan, Keza, Kastrovilli (Kutrone, 68), Peccelya, Vlaxovich.

Milan – Donnarumma (Begovich, 52), Konti, Romanoli, Teo, Gabbiya (Musakko, 74), Kastilexo (Salemakers, 80), Kessie, Chalxanoglu, Bennaser, Ibragimovich, Rebich.

Ogohlantirish:

Bennaser (12), Chalxanoglu (24), Kaseres (76), Teo (85).

Chetlatish:

Dalbert (62).


Manba: championat.asia