A Seriya. Janluiji Janluijining rekordini yangiladi

Eldor Akmurzayev
21 fev 2021, 20:25
Ayni soniyalarda A Seriya 23-turidan o'rin olgan markaziy bahs “Milan” va “Inter” o'rtasida bo'lib o'tmoqda.

Uchrashuv asosiy tarkibda boshlangan “rossonerilar” kiperi Janluiji Donnaruma chempionatdagi 200-o'yinida maydonga tushdi. Donnaruma ushbu natijani 21 yosh-u 261 kunligida qayd etdi va musobaqa uch ochkolik formatga o'tgan davr (1994 yil)dan beri mazkur ko'rsatkichga erishgan yoshi eng kichik futbolchiga aylandi.

Avvalgi rekord esa Janluiji Buffonga tegishli edi. U chempionatdagi 200-o'yinini 24 yosh-u 83 kunligida o'tkazgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta