A Seriya jamoalari transferlar uchun qancha mablag' sarflashdi?

Mirjalol Normatov
18 avg 2018, 22:45
A Seriya jamoalari yozgi transferlar oynasi vaqtida 1,14 mlrd evro sarflashdi.

Bu haqda "Football Italia" nashri xabar bermoqda. Shulardan eng ko'p mablag'ni "Yuventus" ishlatgan. Umumiy hisoblaganda "Yuve" 250 mln evrolik transferlarni amalga oshirgan. Shulardan 100 mlndan oshig'i hujumchi Krishtianu uchun sarflangan.

Bu boradagi ikkinchi o'rinda "Roma" ketmoqda. Jamoa ko'plab transferlar uchun 136 mln evro ishlatdi.

Italiyada transferlar oynasi 17 avgust kuni yopilgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia