A Seriya. "Lacio"ni mag'lub qilgan "Inter" "Milan"dan o'zib, peshqadamga aylanib oldi

Italiya A Seriyasi 22-turining markaziy uchrashuvi nihoyasiga etdi.

Milanda mehmon  bo'lgan Rimning "Lacio" klubi 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Romelu Lukaku va Lautaro Martinesning gollari bugun "Inter"ga g'alaba keltirdi. Ushbu g'alabadan keyin ochkolari sonini 50 taga etkazib olgan "neradzurrilar" musobaqa jadvalining 1-pog'onasiga ko'tarilib olishdi. Ma'lumot uchun, A Seriyaning keyingi turida "Milan derbisi"ga guvoh bo'lamiz. Musobaqa jadvalida 1 va 2-o'rinni egallab turgan jamoalar o'rtasidagi bahs 21 fevral oqshomida o'tkaziladi.

Inter – Lacio 3:1

15 fevral, 00.45, "Juzeppe Meacca (San-Siro)"

Gollar:

1:0 – 22, penalti Lukaku, 2:0 – 45 Lukaku, 2:1 – 61 Eskalante, 3:1 – 64 Martines.

Inter – Xandanovich, de Vrey, Bastoni, Shkrinyar, Xakimi (D`Ambrozio, 90), Barella, Perishich (Darmian, 90), Brozovich, Eriksen (Galyardini, 72), Lukaku (Pinamonti, 90), Martines (Sanches, 78).

Lacio – Reyna, Xudt (Parolo, 46), Acherbi, Gabarron, Laccari, Luis Alberto (Pereyra, 78), Marushich, Leyva (Eskalante, 46), Milinkovich-Savich, Korrea (Kaysedo, 70), Immobile (Muriki, 70).

Ogohlantirishlar:

Xudt (20), Lukaku (26), Xakimi (59). 

TURNIR JADVALI


Manba: championat.asia