A Seriya. "Inter" "Jenoa" darvozasiga javobsiz to'rtta to'p kiritdi

Aslanov Jasurbek
21 avg 2021
Italiyada A Seriya start oldi.

Birinchi turda o'tgan yilgi chempion "Inter", biz uchun begona bo'lmagan "Jenoa" klubi bilan to'qnash keldi va yirik hisobda g'alaba qozondi.

"Inter" – "Jenoa" 4:0

21 avgust, 21:30 

Juzeppe Meacca (San-Siro)

Gollar: 1:0 – 6 Shkrinyar, 2:0 – 14 Chalxanoglu, 3:0 – 74 Vidal, 4:0 – 87 Jeko.

"Inter" – Xandanovich, Darmian, de Vrey, Shkrinyar, Bastoni (Dumfris, 84), Perishich (Dimarko, 69), Brozovich, Chalxanoglu (Satriano, 77), Sensi (Vidal, 69), Barella (Vesino, 77), Jeko.

"Jenoa" – Sirigu, Krishito, Biraski (Serpe, 46), Vanxoysden, Kambyazo (Sabelli, 46), Sturaro (Melegoni, 71), Badel, Ernani (Byanki, 46), Rovella, Pandev, Kallon (Favilli, 54).

Ogohlantirishlar: Krishito (1), Sturaro (66), Vesino (78).




Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia