​A Ceriya. “Yuventus” qiyin g'alabaga erishdi

28 yanv 2019, 07:31
Futbol bo'yicha Italiya chempionatining 21-turida “Lacio” o'z maydonida “Yuventus”ni qabul qildi.

Uchrashuvda Turin klubi 2:1 hisobida g'alaba qozondi. “Yuventus” safida Joau Kanselu va Krishtianu Ronaldu gol urgan bo'lsa, Emre Jan o'z avtogoli bilan “Lacio” hisobida bitta gol yozib qo'ydi.

“Lacio” – “Yuventus” 1:2
Gollar: 1:0 – 59, avtogol Jan, 1:1 – 74 Joau Kanselu, 1:2 – 88, penalti Ronaldu.
“Lacio” – Strakosha, Bashtush (Netu, 90), Uolles, Radu, Parolo, Milinkovich-Savich, Lulich, Korrea, Luis Alberto (Berisha, 81), Leyva, Immobile (Kaysedo, 82).
“Yuventus” – Shesni, Bonuchchi (Kellini, 41), Aleks Sandro, De Shilo, Rugani, Bentankur, Jan, Matyuidi (Bernardeski, 60), Duglas Kosta (Joau Kanselu, 70), Dibala, Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Jan (24), Leyva (49), Matyuidi (49), De Shilo (70), Rugani (73), Milinkovich-Savich (80), Kellini (80).

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia