⚡️ “974” stadionidan eksklyuziv kadrlar: Neymar musobaqadagi ilk golini urganida nega tribuna tomon yugurgani ma'lum

Eldor Akmurzayev
6 dek 2022, 08:40
JCH-2022 1/8 finalida Braziliya 4:1 hisobida Janubiy Koreyani engib, chorak finalga chiqdi.

Jarohatidan qaytgan Neymar penaltini aniq amalga oshirdi. U gol urganidan keyin “974” stadionida braziliyalik ishqibozlar o'tirgan tribunaga yo'l oldi. 

Qatarda faoliyat olib borayotgan saytimiz fotomuxbiri Tolibjon Qosimov vaziyatga aniqlik kiritdi va hujumchi termadagi sherigi Aleks Telles bilan golni nishonlaganini fotokamerasiga muhrladi. Kamerun bilan bahsdan keyin Telles uchun JCH-2022 yakunlangandi. U tizzasidan jarohat olgan va bir necha oyni davolanishda o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia