

Shunday qilib, jamoa bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini 66 yoshida professional faoliyatidagi dastlabki sovrinni qo'lga kiritdi. U Yevropa ligasi g'olibiga aylangan eng faxriy murabbiyga aylandi.
Italiyalik murabbiy 2016 yil iyun oyidan buyon "Atalanta"ni boshqarmoqda. Gasperinining klub bilan shartnomasi 2025 yilgacha tuzilgan.
"Atalanta" bu mavsum Italiya kubogi finaliga ham chiqqan va "Yuventus"ga yutqazib qo'ygandi (0:1).
Gasperini faoliyati davomida Krotone, Jenoa, Inter va Palermo kabi klublarda ishlagan.




