40 yoshli Ibragimovich terma jamoaga chaqirildi

Оқил Абдубарноев
16 mar 2022, 22:33
Zlatan Ibragimovich Shvetsiya terma jamoasidan taklif oldi.

"Milan"ning 40 yoshli hujumchisi JCH-2022 pley-off bosqichida ishtirok etish uchun terma jamoaga chaqirildi.

Shvedlar 24 mart kuni yarim final doirasida Chexiya bilan o'ynaydi, agarda finalga chiqsa, Polsha bilan to'qnash keladi.

Eslatib o'tamiz, Ibragimovich besh yillik tanaffusdan so'ng o'tgan yili terma jamoaga qaytgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/svenskfotboll