APL. "Arsenal" o'z uyida ochko yo'qotishiga bir bahya qoldi, "Chelsi" esa Londonda "Nyukasl"ga mag'lub bo'ldi

Alisher Ostonov
15 mar 2026
APL 30-tur doirasidagi o'yinlar bo'lib o'tdi.

"Arsenal" o'z maydonida "Everton" bilan o'yinda ochko yo'qotishiga bir bahya qoldi. O'yinning 89-daqiqasida zaxiradan o'yinga qo'shilgan hujumchi Viktor Gyokeresh "to'pchilar" uchun muhim bo'lgan golni urdi. Maks Dovman 90+7 daqiqada hisobni oshirib qo'ydi. Parallel o'yinda "Nyukasl" esa 18-daqiqada Entoni Gordon tomonidan urilgan gol evaziga mehmonda "Chelsi"ni mag'lub etdi.

“Arsenal” APL turnir jadvalida 31 o'yindan so'ng 70 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Unda ikkita kam o'yin o'tkazgan “Man Siti” hisobida 60 ochko bor. “Chelsi” esa 30 o'yindan so'ng 48 ochko bilan jadvalning beshinchi o'rnini band etgan.








Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia