"Arsenal" Angliya terma jamoasi himoyachisi uchun kurashga qo'shildi

Sherzod Nurmatov
9 yanv 2026, 15:22
"Kristal Pelas" markaziy himoyachisi Mark Gexi hozirda jahon futbolida eng talabgir himoyachilardan biri hisoblanadi.

"Liverpul" va "Manchester Siti" kabi grand klublar uni anchadan beri kuzatib kelmoqda. Endi esa yana bir top-klub uning imzosi uchun kurashga qo'shilgani ma'lum bo'ldi.

"Mirror Football" ma'lumotlariga ko'ra, Londonning "Arsenal" klubi "Kristal Pelas" himoyachisi uchun kurashni boshlagan. 25 yoshli angliyalik futbolchi "kanonirlar" e'tiborini tortgan, chunki uning "Kristal Pelas" bilan shartnomasi shu yozda yakunlanadi.

Shuni ham takidlash kerakki, joriy mavsum ingliz markaziy himoyachisi "burgutlar" safida 25 o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ular orasida Liga Kubogi chorak finalida "Arsenal"ga qarshi o'yinda kiritilgan to'p ham bor.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mirror Football