"Ularga jamoada fidoyilik va sadoqat bilan xizmat qilganliklari uchun samimiy minnatdorchilik izhor etib, kelgusi faoliyatlarida omad tilaymiz" - deyiladi klub bayonotida.

Farg'onaning “Neftchi” klubida kadrlar almashinuvi amalga oshdi. Klub matbuot xizmati rasman bosh menejer Jafar Irismetov va sport direktori Shahboz Beg'amov lavozimlarini tark etganini ma'lum qildi.
Rasmiy xabarda takidlanishicha, har ikki mutaxassis jamoa rahbariyati bilan kelishilgan holda, o'z arizalariga binoan ishdan ketgan.
Avvalroq saytimiz orqali “Neftchi” klubi rahbariyatidagi mazkur iste'fo haqida xabar bergan edik.




