

Championat.asia sayti ma'lumotlariga ko'ra, "Neftchi" bosh menejeri Jafar Irismetov hamda klub sport direktori Shahboz Beg'amov iste'foga chiqishgan.
Ayni damda Farg'ona klubi Superliga turnir jadvalida 19 ochko bilan 5-o'rinni egallab turibdi.
Eslatib o'tamiz, Irismetov va Beg'amov joriy mavsum startidan oldin "Neftchi"da ish boshlashgan edi.


