BOOOM! Eldor Shomurodov Roma bilan yangi shartnoma imzoladi

Khoja
10 apr 2025, 07:00
Eldor Shomurodovning Roma bilan tuzgan shartnomasi kelasi yilning yozida yakunlanishi lozim edi.

Biroq rimliklar xaloskori bilan kelishuvni yana bir yilga uzaytirdi. Shu tariqa, Shomurodov Romada 2027 yilning yoziga qadar qoladigan bo'ldi. Biroq yangi kelishuvga ko'ra, Eldorning maoshi ma'lum miqdorda kamaygan.

Eslatib o'tamiz, Shomurodov 2021 yildan beri Romada harakat qilib kelmoqda. U rimliklar safida jami 72 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 12 ta gol va 9 ta golli uzatma bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: romapress.net