

"Milan" klubi hamda Olive Jiru o'zaro yangi shartnomani muhokama qilishadi. Bu haqida taniqli insayder Nikola Skira xabar berdi.
Keyingi hafta klub hamda futbolchining agenti o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tadi. Ikkala tomon ham shartnomani uzaytirish niyatida.
Jiruning o'zi 4 mln maosh va 2025 yilgacha bo'lgan shartnoma istamoqda.
Ma'lumot uchun, Jiru klubga 2021 yilda kelgan. Ushbu mavsum futbolchi 13 uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 3 ta assist qayd etdi.



