O'zbekiston U-17 termasi o'rtoqlik o'yinida marokashlik tengdoshlarini mag'lub etdi

Mirjalol Normatov
8 sen 2023, 23:24
Chilida bo'ladigan U-17 Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston termasi Turkiyada Marokash U-17 termasiga qarshi bahs olib bordi.

Unda vatandoshlarimizning kichik hisobdagi g'alabasi qayd etildi. Bahsdagi yagona gol zaxiradan maydonga tushgan Quvonchbek Abraev tomonidan kiritildi.

O'zbekiston U-17 - Marokash U-17 1:0

Gol: Quvonchbek Abraev

O'zbekiston termasining asosiy tarkibi shunday ko'rinish oldi: Muhammadyusuf Sobirov, Azizbek To'lqinbekov, Ozodbek O'ktamov, Lazizbek Mirzaev, Bexruz Shukrullaev, Amirbek Saidov, Bexruz Jumatov, Shodiyor Shodiboev, Ollobergan Karimov, Sherzod Abdulboriev, Dilshod Abdullaev.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia