Manba: "Galatasaroy" Eldor Shomurodov bilan shartnoma imzolash niyatida

Administrator
25 iyun 2023, 19:45
Turk klubi "Roma" futbolchisini o'z safida ko'rishni istamoqda.

"Roma" klubi hujumchisi Eldor Shomurodovning xizmatlariga Turkiyaning "Galatasaroy" klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Turkiyaning Fotospor nashri xabar berdi. "Galatasaroy" Shomurodovni o'z tarkibiga qo'shib oladigan bo'lsa, futbolchi legioner deb hisoblanmaydi. 

Eslatib o'tamiz, 2023/24 yilgi mavsumdan boshlab Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, O'zbekiston va Turkmaniston fuqarosi bo'lgan maksimal bir nafardan futbolchi turk klublari tarkibida to'p tepgan taqdirda legioner hisoblanmaydi.

Ma'lumot uchun, Eldor Shomurodov o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Speciya" safida ijarada o'tkazdi va 16 o'yinda bitta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Fotospor