

"Qayd etaman, Norchaev nomzodi shunchaki paydo bo'lib qolmadi – bir yarim yil davomida sport direktorimiz Timur Demurov bu futbolchini kuzatib bordi. Husaynning o'yinlarini video orqali va jonli tarzda tomosha qildim, so'ngra o'zbekistonlik taniqli mutaxassisdan tavsiyalar olgach, uni sotib olishga qaror qildik.
U – yosh, ko'p gollar uradi, o'z yosh toifasida Osiyoning yetakchi futbolchilardan biri. Husayn – RPL yetakchi klublari nazariga tushgan futbolchi. Biz unda ma'lum bir istiqbolni ko'ryapmiz va u maqsadimizga erishishda yordam beradi deb umid qilamiz", – dedi mutaxassis.



