Rasman: Husayn Norchaev - "Alaniya" futbolchisi

Aslanov Jasurbek
23 fev 2023
O'zbekiston terma jamoasi va "Nasaf" sobiq hujumchisi klubini o'zgartirdi.

Norchaev faoliyatini Rossiyaning "Alaniya" klubida davom ettiradi. Hujumchi va "qizil-sariqlar" o'rtasidagi bitim 3,5 yilga mo'ljallangan. Bu haqda klubning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e'lon qilindi.

Rossiya klubi vakillari "ajdarlar" hujumchisini uzoq vaqtdan buyon kuzatib kelishayotgandi va muzokaralarning so'nggi bosqichi Turkiyadagi yig'in vaqtida bo'ldi.

Futbolchi O'zbekiston Superligasida 2020 yilning yozida debyut qilgan. Husayn - Qarshi shahrining "Nasaf" FK tarbiyalanuvchisi.


21 yoshli hujumchi sobiq jamoasi safida 100ta o'yin o'tkazishga ulgurgan, u shu o'yinlarda 40ta gol va 9ta assist qayd etdi. U klub bilan birga O'zbekiston chempionati kumush medallariga ega chiqqan va Mamlakat kubogida zafar quchgan.


Hujumchi 2020/2021 yilgi mavsum Osiyo futbol konfederatsiyasi kubogi (OFK)ning eng yaxshi to'purari bo'ldi. Norchaev jamoa bilan turnirning finaliga qadar yetib borgan.


O'yinchi O'zbekiston yoshlar terma jamoalarida harakat qilgan. U 19 yoshida mamlakatning bosh jamoasida debyut qilgan.


Oilaga xush kelibsan, Husayn!", - deyiladi klub xabarida.

Oldinroq, Norchaevning yangi klubi bo'lgan "Alaniya" haqida batafsil ma'lumot berib o'tgan edik.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia