Mateus Lima Kruz: "Umid qilamanki, 2-3 haftalardan so'ng mashg'ulotlarga qaytaman"

Mirjalol Normatov
9 fev 2023, 23:12
"Nasaf" hujumchisi Mateus Lima Kruz saytimiz jurnalisti Kamoliddin Alimovga jarohatdan tiklanish jarayoni va klubning OCHLdagi raqibi haqida gapirdi.

- Jarrohlik operaciyasidan keyin o'zingni qanday his qilyapsan? Hammasi yaxshimi?

- Ha, eng yomoni ortda qoldi. Qayta tiklanish biroz vaqt oladi. Umid qilamanki, 2-3 haftalardan so'ng mashg'ulotlarga qaytaman. 

- "Al Shabab"ga qarshi o'yingacha maydonga qaytishga ulgurasanmi?

- Bunga amin emasman. Murabbiyim va doktor bilan maslahatlashishim kerak. Tiklanish borasida muammo yo'q. Shunchaki, o'sha payt jismoniy tarafdan qanchalik tayyor bo'lishimni ko'rish kerak. 

- "Al Shabab" haqida nima deya olasan?

- Ushbu o'yinga jiddiy yondashmoqdamiz. Ular juda kuchli jamoa. Saudiya Arabistoni chempionatida ham chempionlik uchun kurashishmoqda. Bu esa "Al Shabab" qanchalik kuchli jamoa ekanligini ko'rsatadi. Biz esa keyingi bosqichga yo'l olish uchun bor kuchimizni ishga solishimiz kerak.

P.S. Mateus Lima Kruz ayni damda individual tarzda mashq qilmoqda


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia