

Avvalroq Alisher Nikimbaev saralash o'yinlari O'zbekistonda o'tkazilishi mumkinligini ma'lum qilgandi. Mutaxassis Kuvayt futbol assotsiatsiyasi saralash bosqichini qabul qila olmasligini ma'lum qilgan hamda ushbu turnir Toshkentda bo'lib o'tishi mumkinligini takidlagandi.
Shuningdek, Nikimbaev musobaqaning dastlabki o'yinlari 27 oktyabr sanasida o'tkazilishini aytib o'tdi. Oldinroq bahslar 25 oktyabrda boshlnishi kerak edi.
Eslatib o'tamiz, ushbu guruhdan O'zbekiston, Saudiya Arabistoni, Bangladesh va Quvayt jamoalari o'rin olgan. Unda Timur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston U-21 terma jamoasi qatnashadi.


