Muborakdagi ochilish uchrashuvida “Mashal“ mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi

Narzulla Saydullayev
20 mar 2021
Coca Cola Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Metallurg" uchrashuvi yakunlandi.

Uchrashuvning matnli translyatsiyasini shu yerda kuzatib borish mumkin.

Coca Cola Superliga, 3-tur
MASH'AL – METALLURG 2:1
20 mart 2021 yil. Muborak. Bahrom Vafoev nomidagi stadion. 17:00
Hakamlar:
Axrol Risqullaev, Ruslan Samandarov, Baxtiyorxo'ja Shavkatov, Viktor Grigorev
Nazoratchi: Aleksandr Popov
Komissar: Jamshid Imamov

GOL: 28 - Jamoliddin Ubaydullaev 1:0, 85 - Sirojiddin Qo'ziev 2:0, 87 - Kamoliddin Tojiev 1:2


“Mashal”: 12. Shohruhjon Eshbo'taev, 7. Ifeani Ifeani, 10. Humoyun Murtozaev, 11. Chigoze Samuel Ononivu(2. Zafarbek Akramov, 67), 13. Shahzod Shaymanov, 17. Jamoliddin Ubaydullaev, 18. Abbos Shodmonov, 19. Sardor Abduraimov (s), 20. Xudoyorxon Sadullaev(9. Doniyor Usmonov,63), 22. Sirojiddin Qo'ziev, 23. Samandar Shukurillaev.
Zaxira: 1. Botir Nosirov, 4. Shahzodbek Hamidov, 5. Najmiddin Normurodov, 8. Michel Okoro Ibe, 21. Ukeme Michel Uilyams.

"Metallurg": 12. Aleksandr Lobanov, 4. Odilbek Abdumajidov, 7. Doniyor Narzullaev(15. Zohid Abdullaev,65), 8. Salamat Quttiboev, 14. Abrorbek Toshqo'ziev, 21. Kamoliddin Tojiev, 27. Ixtiyor Toshpo'latov, 28. Stanislav Andreev, 34. Evgeniy Makeev (22.Shahzodbek G'ofurbekov, 46), 55. Akbar Ismatullaev (s), 98. Damir Temirov.
Zaxira: 1. Akmal Tursunboev, 6. Nikita Pavlenko, 9.Mahmudjon Qudratillaev, 11.Ivan Nagaev,  48. Dilshod Rahmatullaev.

 Ogohlantirish: Jamoliddin Ubaydullaev 55,  Ifeani Ifeani 65, 


YANGILASH



UCHRASHUV YAKUNLANDI

Hakam ikkinchi bo'limga to'rt daqiqa qo'shib berdi

Toshqo'zievning qanotdan uzatgan to'piga himoyadan yetib kelgan Tojiev boshi bilan darvozabi ishg'ol qilmoqda


87. GOOOOOOOOOL. Kamoliddin Tojiev hisobni qisqartirmoqda 


85. GOOOOOOOOOL. Sirojiddin Qo'ziev hisobni 2:0ga keltirmoqda

82. ZARBAAAAAA. Salamatdan kuchli va aniq zarba, bu safar ham mezbonlar darvozaboni jamoadoshlarining joniga oro kirmoqda

78. O'zgarish: Abror Toshqo'zievning o'rniga Nikita Pavlenko maydonga tushdi

75. O'zgarish: Uchrashuvda kichik jarohat olgan Ifeani Ifeanining o'rniga Najmiddin Normurodov maydonga tushdi

71. UXXXX. Stanislav jarima zarbasini amalga oshirdi, Salamat esa to'pni jamoadoshlariga tashlab berdi, biroq bekobodliklardan hech kim yo'q

67. O'zgarish: Chigoze Samuel Ononivuning o'rniga Zafarbek Akramov tushdi

65.  O'zgarish: Doniyor Narzullaev o'rniga maydonga Zohid Abdullaev tushdi

65.  Ogohlantirish: Ifeani Ifeani ogohlantirildi

63. O'zgarish: Doniyor Usmonov Xudoyorxon Sadullaevni alishtirmoqda

61. Metallurg futbolchilari raqib jarima maydonchasini to'liq egallashmoqda, biroq hozircha befoyda

59. ZARBAAAAAAAA. ESHBO'TAEEEEEEV!!!!. Toshqo'zievning juda yaqin masofadan boshi bilan zarba yo'lladi. Mezbonlar posbonidan super seyv

57. UXXXX. Mehmonlar yaxshi hujum tashkil etishdi, biroq Salamat Qutiboev qulay kelgan to'pga zarba bera olmadi

55. Ogohlantirish:  Jamoliddin Ubaydullaev ogohlantirildi.

54. ZARBAA. Andreevning uzoqdan yo'llagan zarbasini Eshbo'taev ushlab oldi

53. Ubaydullaev burchakdan yorib kirdi va uzatmani amalga oshirdi, biroq Lobanov yaxshi harakat qildi.

48. ZARBAA. Toshqo'zievning zarbasini darvozabon ushlab oldi

46. O'zgarish: Shahzodbek G'ofurbekov Evgeniy Makeevning o'rniga maydonga tushdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

Hakam birinchi bo'limga bir daqiqa qo'shib berdi

42. ZARBA. Akbar Ismatullaev qulay jarima zarbasidan foydalana olmadi

40. ZARBA. Samuel Ononivuning uzoqdan yo'llagan zarbasini aniq biroq, kuchsiz chiqdi.

Bu gol "Mashal" uchun 2021 yildagi birinchi gol bo'ldi.  Shunday qilib Superligamizda bu mavsum gol urmagan klub qolmadi

Burchakdan uzatilgan to'pni Lobanov qaytardi, biroq mehmonlar jarima maydonchasining ichidagi palla partishlikdan Ubaydullaev unumli foydalandi


28. GOOOOOOL. Jamoliddin Ubaydullaev hisobni ochdi 

26. ZARBA. Akbar Ismatullaevning olis masofadan zarbasi noaniq chiqdi.

24. Uchrashuvda to'xtalish: Har ikki jamoaning bittadan futbolchilari maydonda yotibdi

20. ZARBA. Damir Temirovning uzoqdan yo'llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi

13. ZARBAAA. Humoyun Murtozaev jarima maydonchasiga kirib bordi va zarba yo'lladi, biroq noaniq

12. Metallurg yaxshi hujum tashkil etdi, biroq so'nggi to'pga Salamat Quttiboev yetib kela olmadi

5. ZARBAAA. Humoyon Lobanov darvozasini uzoqdan nishonga oldi, biroq zarbaga aniqlik yetishmadi

3. ZARBAAA. Xudoyorxon Saydullaev jarima maydonchasiga kirib bordi va zarba yo'lladi, biroq noaniq

 1. O'YIN BOSHLANDI! 

- Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia