"Lester" - "Liverpul"ga qarshi o'yinda irodali g'alaba qozondi

Alisher
13 fev 2021, 19:20
Tez orada APL 24-turi doirasidagi "Lester" - "Liverpul" o'yini yakunlandi.


"Lester" - "Liverpul" 3:1

"King Pauer Stadium"

"Lester": Shmeyxel, Rikardu Pereyra, Seyundjyu, Evans, Amarti, Ndidi, Tilemans, Barns, Olbrayton, Meddison, Vardi.

"Liverpul": Alisson, Robertson, Aleksander-Arnold, Kabak, Xenderson, Veynaldum, Milner, Salah, Jons, Mane, Firmino.


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi

Hakam ikkinchi bo'limga besh daqiqa qo'shib berdi

87. O'zgarish: Xamza Chouduri Yuri Tilemans o'rniga maydonga tushdi

Salah maydon markazida to'pni oldirib qo'ydi, Ndidi esa to'pni Barnsga etkazib berdi va hisobni 3:1 ga keltirdi

85. GOOOOOOOL. Barns hisobni 3-1 ga keltirdi.

84. UXXXXX. Meddison zarba yo'lladi va Alisson to'pni qaytardi, qaytgan to'pni Vardi bo'sh darvozaga joylab qo'yishi mumkin edi, biroq Alisson o'z o'rnida

Alisson va Kabak to'pga chiqishdi bir biriga halaqt berdi va to'p Vardiga kelib tushdi. Mezbonlar sardori esa bo'sh darvozaga to'pni joylab qo'ydi

81. GOOOOOOOOL. Vardi hisobni 2:1ga keltirdi

Meddison jarima zarbasidan hisobni tenglashtirdi

78. GOOOOOOOL. Meddison hisobni tenglashtirdi

75. O'zgarish: Kertis Jons o'rniga Aleks Oksleyd-Chemberlen maydonga tushdi

74. O'zgarish: Mark Olbrayton o'rniga Ayose Peres maydonga tushdi

71. Ogohlantirish: Ozan Kabak debyut o'ynidayoq ogohlantirildi

Firmino Salahga ajoyib uzatmani amalga oshirdi va misrlik hisobni ochdi

67. GOOOOOOOOOL. Salah hisobni ochdi

57. ZARBAAAAA. Trent Aleksander-Arnoldning jarimadan yo'llagan zarbasini to'cinga tegib qaytib ketdi

50. Meddison yana bir bor Vardiga yaxshi uzatmani amalga oshirdi, biroq Alisson to'pni ushlab oldi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Jamoalar maydonga tushib kelishmoqda

Birinchi bo'lim yakunlandi

Hakam birinchi bo'limga bir daqiqa qo'shib berdi

45. Vardining bugun umuman omadi kelmadi, birga bir chiqib bordi va yana foydalana olmadi

45. Trent Aleksander-Arnold qulay jarima zarbasidan foydalana olmadi

43. Ogohlantirish: Evans Manega qo'pollik ishlatdi va ogohlantirildi

42. UXXXXXXX. Vardi nimalar qilmoqda. Meddisoning zargarona uzatmasini mezbonlar sardori ko'pga sovurdi

39. ZARBAAA. Robertsoning zarbasi himoyachilarga tegib, burchakka chiqib ketdi

36. ZARBAAAA. Xarvi Barns Vardiga ajoyib uzatmani amalga oshirdi, biroq mezbonlar sardorining zarbasini Alisson ushlab oldi

30. Meddison burchakdan yo'llagan uzatmasini Ndidi boshi bilan zarba yo'lladi, biroq noaniq

26. ZARBAA. Firmino yaqin masofadan yo'llagan zarbasini, Kasper Shmeyxel burchakka chiqarib yubordi

24. Ogohlantirish: Kertis Jons ogohlantirildi

20. UXXXX. Aleksander-Arnold Salahni raqib darvozaboni bilan birga bir chiqarib yubordi, biroq misrlikning zarbasi o'xshamadi

17. O'zgarish: Klopp majburiy o'zgarish qilishga majbur. Milnerning o'rniga Tiago Alkantara maydonga tushdi

16. ZARBAAAA. Salahning yaqin masofadan yo'llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi

10. ZARBAAAA. Vardi jarima maydonchaga kirib bordi va Alissonning bo'yidan to'pi tushirishga harakat qilib ko'rdi, biroq zarbaga aniqlik yetishmadi

8. Salax birga bir chiqib bordi, biroq mezbonlar himoyachisi to'pni qaytarib yubordi.

1. ZARBAAA. Mehmonlar jarima zarbasini amalga oshirdi. Biroq Meddison to'pni egallab olib, maydon markazidan kuchli zarba yo'lladi, ammo Alisson to'pni ushlab olishga erishdi.

UCHRASHUV BOSHLANDI!


APL TURNIR JADVALI

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia