"Paxtakor" "Navbahor"ning bir yo'la uch yetakchisini qo'lga kiritmoqchi

Narzulla Saydullayev
10 noya 2020, 11:53
2020 yilgi O'zbekiston chempionati ham yakuniga yetib bormoqda.

"Paxtakor" yangi mavsum oldidan o'z safiga bir qator yangi futbolchilarni qo'shib olishni maqsad qilgan. Olingan ma'lumotlarga ko'ra, "Sherlar" "Navbahor"ning bir yo'la uch futbolchisiga jiddiy qiziqib qolishgan. 

Darvozabon O'tkir Yusupov, himoyachi Igor Golban va yarim himoyachi Azizbek Turg'unboev 2021 yilgi mavsumni "Paxtakor"da boshlashlari mumkin. Ma'lumot uchun, O'tkir Yusupovning "Lochinlar" bilan tuzgan shartnomasi shu yil oxirida tugaydi va boshqa klubga erkin agent sifatida ketishi mumkin. 

Golban va Turg'unboev esa "Navbahor" bilan 2023 yil oxirigacha shartnomaga ega. 



Eslatib o'tamiz, Namangan viloyati yangi hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov "Navbahor" endi asosiy urg'uni yosh futbolchilarga qaratishini ma'lum qilgandi.

"Kelasi yildan jamoa sharafini faqat mahalliy yoshlar himoya qilishadi. Biz barcha namanganlik iqtidorli, yosh futbolchilarni qo'llab-quvvatlaymiz, investiciyani mahalliy yosh, iqtidorli futbolchilarni yetishtirib chiqarish uchun yo'naltiramiz", - degandi Namangan viloyati hokimi.

O'sha yig'ilishda Abdurazzoqov Azizbek Turg'unboevni jamoada maqsadsiz olib qolinganini tanqid qilgandi. 



Ma'lumot uchun, Turg'unboev bu mavsum 22ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol urdi va 1ta golli uzatmani amalga oshirdi. Igor Golban 21ta uchrashuvda ishtirok etib, 2ta to'p kiritdi va sheriklariga 1ta golli pas berdi. Darvozabon O'tkir Yusupov esa 20ta o'yinda harakat qildi va 15ta gol o'tkazib yubordi. 9ta bahsda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan posbon 1ta penaltini qaytardi va 2 marta sheriklariga golli uzatmani amalga oshirdi. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia