MYU Igaloni sotib olishga qaror qildi

Eldor Akmurzayev
15 mar 2020, 13:45
“Qizil iblislar” nigeriyalik forvardning transfer huquqini “Shanxay Shenxua”dan sotib olishni rejalashtirmoqda.

Odion Igalo “Manchester yunayted” tarkibida yozga qadar ijara asosida harakat qiladi. Daily Mirror xabar berishicha, hujumchining o'yini va ishiga bo'lgan munosabati manchesterliklar ustozi Ole Gunnar Sulshyerda yaxshi taasurot qoldirgan. Igaloning transfer narxi esa 17 mln evroga baholanmoqda. 

30 yoshli forvard “Yunayted” tarkibida 8 o'yinda qatnashdi va 4+1 natijaga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Daily Mirror