Karim Benzema: "Oldin Ronaldu uchun o'ynardim, endi "Real"ning hujum chizig'ida yetakchiman"

25 fev 2019, 22:55
"Real" hujumchisi Karim Benzema Ronaldu jamoani tark etganidan so'ng, uning roli o'zgargani haqida fikr bildirdi.

"Oldin "Real"da bir mavsumda 50tadan ortiq gol ura oladigan yigit bo'lardi. Men Ronaldu uchun o'ynar edim, biz yaxshi  duet hosil qilganmiz. Har doim unga gol urishi uchun yordam berishga harakat qilardim. Hozir esa, "Real" hujumida yetakchiman, hammasi menga bog'liq. Juda baxtliman, chunki o'zimning odatiy o'yinimni ko'rsata olaman" – dedi Benzema.

O'xshash yangiliklar


Manba: France Football