2024 yilning eng yaxshi bolalar murabbiyi Bobur Abdurahmonov: "Mavsum boshida yilni trebl bilan yakunlashni niyat qilgan edik"

Iskandarov Abdulaziz
14 dek 2024, 17:16
2024 yil U-19 chempionatida "Paxtakor"ga teng keladigani topilmagan edi.

 O'FA birinchiligi musobaqalari ikki karra g'olibi bo'lib, o'smirlar terma jamoasiga 8 nafar futbolchi etkazib bergan  Bobur Abdurahmonov yilning eng yaxshi bolalar murabbiyi deb topildi. 

"Bu mukofotdan xursandman. O'tgan yilda 3 ta musobaqada qatnashgan bo'lsak, barchasida yutuqni o'zimizniki qildik. Bundan keyin ham to'xtab qolmasdan yaxshiroq natijaga erishishga harakat qilamiz. 

Har doim oldimga oliy maqsadni qo'yaman. Yil boshida 3 ta musobaqada yutishni niyat qilgandik. Bunda menga murabbiylar shtabida Akmal aka Xolmatov, Mixail Spiridonov, Bahodir akalarga ham rahmat aytaman. Bir-birimizga yordam berdik va shu natijaga keldik",- deydi Bobur Abdurahmonov.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia