2024 yilda transferlar uchun qaysi davlat klublari qancha ishlatdi?

Mirjalol Normatov
30 yanv 2025, 22:46
FIFA turli mamlakatlarning 2024 yilda transferlar uchun ishlatgan pullari hisobotini taqdim qildi.

Unga ko'ra, birinchi o'rinni ingliz klublari egalladi. Angliya vakillari 2024 yilda transferlar uchun 1,88 mlrd dollar ishlatgan. Fransiya klublari 994,9 mln, Italiyadagilar – 937,9 mln, Ispaniya tomondagilar – 761,8 mln, Germaniya klublari esa 724,9 mln dollar mablag'ni transferlar uchun sarflagan.

O'z navbatida transferlardan eng ko'p kirim qilgan davlat ham Angliya bo'ldi - 1,34 mlrd. Fransiya klublari o'tgan yilda 868,4 mln, Portugaliya – 671,8 mln, Ispaniya – 651 mln, Braziliya – 591,5 mln dollar ishlab olgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: digitalhub.fifa