
"Ijro qo'mitasi 2018-21 yillarda UEFA Yevropa ligasi finallari UEFA Chempionlar ligasi finallari bilan bir haftada o'tkazilishini tasdiqladi. Shunday qilib, 2018-19 mavsumda Yevropa ligasi finali 2019 yil 29 may kuni o'tkaziladi. Finallar hozirgidek boshqa shaharlarda bo'ladi" - deyiladi rasmiy bayonotda.
Oldinroq 2018 yilgi Chempionlar ligasi finali 26 may kuni, Yevropa ligasi finali esa 10 kun oldin o'tkazilishi e'lon qilingan edi.