2018 yil Superliga o'yinlari 18:00dan keyin boshlanadi

Narzulla Saydullayev
30 dek 2017, 08:41
Kecha PFL yangi mavsum uchun reglamentni tasdiqladi.

Ushbu reglamentda o'yinlar boshlanish vaqtlari ham belgilab qo'yilgan.

4.16 bandga ko'ra Superliga o'yinlari 18:00 yoki undan keyin boshlanishi belgilab qo'yilgan. Yoshlar ligasi o'yinlari 12:00 yoki undan keyin boshlanishi lozim, yozda bahslar 17:00dan oldin boshlash mumkin emas.

PRO-liga uchrashuvlari va O'zbekiston kubogi bahlari 17:00 yoki undan keyin boshlanishi shart.

Uchrashuvlar 21:00dan keyin boshlanmasligi lozim.

Oxirgi tur o'yinlari boshlanish vaqtlari O'zPFL sport bo'limi tomonidan belgilanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia