Superliga. “Navbahor” o'z uyida “Qo'qon-1912”ni yirik hisobda mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
10 iyun 2018, 20:50
Superliganing 15-turidan o'rin olgan “Navbahor” – “Qo'qon-1912” uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning eng asosiy vaziyatlari va natijasini kuzatib borish mumkin.


YANGILASH

Uchrashuv boshlandi. 5-daqiqada Ilhom Boydedaev hisobni ochdi - 1:0. O'yinning 10-daqiqasida Allaniyozovning zarbasiga aniqlik yetishmadi. 19-daqiqada Azamat Allaniyozov ikinchi bor mehmonlar darvozasini ishg'ol qildi - 2:0.

24-daqiqada Sardor Sulaymonovning zarbasini O'tkir Yusupov qaytardi. 31-daqiqada Quvondiq Ro'zievning zarbasiga aniqlik yetishmadi. 32-daqiqada Sulaymonovning bosh bilan darvozaga yo'llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi.

35-daqiqada Sulaymonov birga bir vaziyatga chiqib bordi va zarba bera olmadi. 38-daqiqada Murod Xolmuhammedov jarima to'pini amalga oshirdi, juda noaniq. 40-daqiqada Alievning bosh bilan darvozaga yo'llagan zarbasini raqib himoyachisi qaytardi.

Birinchi taym tugadi.


Ikkinchi taym boshlandi. 55-daqiqada Alievning kuchli zarbasidan so'ng Yusupov to'pni qaytardi. 58-daqiqada Allaniyozov va Alievning yaqin masofadan yo'llagan zarbalarini Yusupov ajoyib seyvlar bilan qaytardi!

74-daqiqada Ro'zimboy Ahmedov raqib himoyachisining o'ta qo'pol xatosidan so'ng hisobni yiriklashtirdi - 3:0.

83-daqiqada o'ng qanotdan uzatilgan to'pni Ahmedov boshi bilan zarba berdi, noaniq. 

90-daqiqada Suhrob Berdiev jarima to'pini amalga oshirdi, o'ta noaniq.

Uchrashuv tugadi "Navbahor" - "Qo'qon-1912" 3:0.





15-tur
10 iyun (yakshanba)
19:02 - “Navbahor” – “Qo'qon-1912” 3:0
Hakamlar: 
A.Asimov, R.Shoyaxmetov, A.Kalinin, D.Karimov.
Nazoratchi – N.Lutfullin.
Komissar – L.Qo'chqorov.

Gollar: Ilhom Boydedaev 5, - 1:0. Azamat Allaniyozov 19, - 2:0 (Sardor Sulaymonov). Ro'zimboy Ahmedov 74, - 3:0.

"Navbahor": Botirali Ergashev, Oston O'runov, Ayubxon No'monov, Ilhom Boydedaev (Zohir Pirimov, 73), Azamat Allaniyozov (Nenad Inyac, 80), Sardor Sulaymonov (Ro'zimboy Ahmedov, 64), Mirzohid G'ofurov, A'zam Aliev, Davron Hoshimov, Jahongir Mehmonov, Darko Stanoevich
Zaxira: Akbar To'raev, Dilshod Jabborov, Shoxzamon Xayrullaev, Behruz Sadilloev, Tomislav Payovich, Mirzohid Mamatxonov

"Qo'qon-1912": O'tkir Yusupov, Bahodir Akromov, G'iyosjon Komilov (Oybek Rustamov, 61), Jamshid Hasanov, Avazxon Mamatxo'jaev (Javohir Sidiqov, 25), Quvondiq Ro'ziev (Nosirbek Otaqo'ziev, 46), Bahodir Pardaev, Suhrob Berdiev, Murod Xolmuhammedov, Darko Gojkovich, Marko Milich
Zaxira: Muzaffar Abdullaev, Igor Taran, Doston Meliqo'ziev Muhammadanas Hasanov

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia