20 yoshli Xavertc ajoyib natija qayd etdi

15 dek 2019, 11:25
Leverkuzenning "Bayer" klubi yarim himoyachisi Kay Xavertc kecha Germaniya chempionati doirasidagi "Kyoln"ga (0:2) qarshi uchrashuvda ishtirok etdi.

Bu germaniyalik futbolchi uchun Bundesligadagi 100-uchrashuvga aylandi. U bu ko'rsatkichga 20 yosh-u 186 kunligida erishdi va musobaqada 100 ta uchrashuvda maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi. Ikkinchi o'rin "RB Leyptsig" klubi hujumchisi Timo Vernerga tegishli (20 yosh-u 203 kun). 

Eslatib o'tamiz, Xavertc barcha uchrashuvlarni faqat bir klub ("Bayer") safida o'tkazgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports