"Arsenal" Xavertc transferi borasida kelishib oldi

Aslanov Jasurbek
26 iyun 2023
"Arsenal" Kay Xavertc transferini shu haftada e'lon qilishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, Xavertc transferi bo'yicha kelishuv deyarli yakunlangan. Nemis yarim himoyachisi "Arsenal" bilan 2028 yilgacha bo'lgan bitim imzolaydi. Transfer 75 mln. evroni tashkil qiladi. Ushbu xaridda "to'purarlar" bosh murabbiyi Mikel Artetaning xohishi katta rol o'ynadi.
"Chelsi" va "Arsenal" o'rtasida transfer borasida kelishuv bor. Xavertc shu haftada tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Xavertc o'tgan mavsum "Chelsi" safida 35ta uchrashuvda maydonga tushib, 7ta gol urdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/Plettigoal