2-liga. "Ahmad Yassaviy" mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda

Narzulla Saydullayev
2 mar 2018, 14:07
Kelasi mavsumda PRO ligada ishtirok etishni maqsad qilgan Toshkent viloyatining "Ahmad Yassaviy" jamoasi 2-ligaga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Vohid Xolboev murabbiylik qilayotgan jamoa o'rtoqlik uchrashuvlariga zo'r bergan. Xususan, jamoa bugun Qibrayda "Paxtakor" yoshlariga qarshi maydonga chiqib, 6:3 hisobida g'alaba qozondi. Aytish kerak, "Ahmad Yassaviy" bungacha "Bunyodkor" yoshlarini (3:1), mag'lubiyatga uchratgan bo'lsa, "Surxon"ga (2:4) yutqazib qo'ygan.

Rejaga ko'ra, jamoa shu yilning o'zidayoq PRO ligada ishtirok etishi lozim edi, biroq ayrim sabablarga ko'ra bu amalga oshmay qoldi.

Bosh murabbiy Vohid Xolboevga Asqar Jadigerov yordam berib kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia