2-liga. "Ahmad Yassaviy" "Qayrat" bilan o'ynadi, Solomindan dubl

Narzulla Saydullayev
12 mar 2018, 15:28
Toshkent viloyati chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan "Ahmad Yassaviy" kecha navbatdagi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

Vohid Xolboev murabbiyligidagi jamoa Qozog'istonning "Qayrat" klubi yoshlari bilan to'qnash keldi. Qiziqarli va gollarga boy uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bn yakunlandi.

"Bunyodkor" akademiyasi maydonida bo'lib o'tgan bahsda "Ahmad Yassaviy"ning ikki goliga Pavel Solomin mualliflik qildi.

Nazorat uchrashuvi
AHMAD YASSAVIY (Toshkent viloyati) - "QAYRAT" (Qozog'iston) (yoshlar)- 2:2
Gollar:
Pavel Solomin (2ta).

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia