Dinamo Metallurg bilan durang qayd etdi

Alisher
10 fev 2021, 14:57
Pro liga yangi mavsumiga tayyorgarlik ko'rayotgan Dinamo jamoasi Toshkent viloyatidagi Ahmad Yassaviy stadionida Superligaga tayyorgarlik ko'rayotgan Bekobodning Metallurg jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvda har ikki murabbiy – Hakim Fuzaylov va Andrey Shipilov bir qator futbolchilarni sinovdan o'tkazdi. O'yin davomida ikki jamoa ham gol urish uchun qator imkoniyatlarga ega bo'lishsa-da, bahsda hisob ochilmadi – 0:0.


O'rtoqlik uchrashuvi. 

10 fevral (chorshanba)

Dinamo - Metallurg - 0:0

Dinamo: Dilshod Hamroev, Jasur Hasanov, Obid Jo'raboev, Muhammadqodir Hamraliev, Komil Sharofutdinov, Islom Sharipov, Jamshid Hasanov, Shoxruh Abdurahmonov, Islom Sharipov, Mixaylo Udod, Temur Usmonov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Arslon Ahrorov, Faxriddin Alimov, Oybek Jo'raev, Siroj Meliev, Humoyun Sherbo'taev, Temur Ismoilov, Temur Hakimov.

Metallurg: Akmal Tursunboev, G'ofurbekov, Salamat Quttiboev, Abdumajidov, Ergashev, Anvarov, Nikita Pavlenko, Doniyor Narzullaev, Bozorov, Damir Temirov, Qudratillaev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Evgeniy Chumak, SH.Tojiev, Vagin, Kamoliddin Tojiev, Stanislav Andreev, Ivan Nagaev, Shahzodbek Nurmatov, Akbar Ismatullaev.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fcdinamo.uz