1999–2000 yillarda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida O'zbekiston Birinchiligi final bosqichi start oldi

Narzulla Saydullayev
7 dek 2017, 18:01
Oliy Liga klublari qoshidagi futbol maktablarining 1999–2000 yillarda tavallud topgan tarbiyalanuvchilari o'rtasidagi O'zbekiston Birinchiligi final bosqichi start oldi.

O'zbekiston Birinchiligi final bosqichida jamoalar ikkita guruhga bo'lingan holda ishtirok etishmoqda. “A” guruhidan “Nasaf”, “Buxoro” hamda “Neftchi” jamoalari o'rin olishgan bo'lsa, “B” guruhida “Sho'rtan”, “Paxtakor”, “Lokomotiv” va “Mashal” qatnashmoqda.

Bugun mazkur turnirda guruh bosqichining 1-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Ularda quyidagi natijalar qayd etildi:


1-tur (7 dekabr)
“Nasaf” (Qarshi) – “Neftchi” (Farg'ona) 4:3
“Sho'rtan” (G'uzor) – “Mashal” (Muborak) 0:3
 “Paxtakor” (Toshkent) – “Lokomotiv” (Toshkent) 0:1

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz