Breaking news: Samvel Babayan Latviya chempionini boshqaradi!

27 mar 2018, 18:02
Samvel Babayan Latviya chempioni "Spartak" Yurmala jamoasining bosh murabbiyiga aylandi.

Ketma-ket ikkinchi yil Latviya chempioniga aylangan "Spartak" Yurmala jamoasini endilikda o'zbekistonlik mutaxassis Samvel Babayan boshqaradi. Yangi jamoada Samvel Babayanga Viktor Jalilov hamda Grigoriy Kolosovskiy yordamchi murabbiy sifatida ko'maklashishadi.

O'FA Samvel Babayanni futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug'ullanishdan chetlashtirgandi. Biz shu munosabat bilan Latviya futbol federatsiyasiga murojaat qilganimizda, ular O'FA Ijroqumi Babayandan 1 fevral kuni diskvalifikaciyani olib tashlanganini tasdiqlashdi. Shu boisdan ham Samvel Babayan endilikda xorijda murabbiylik faoliyatini davom ettirishi mumkin.

"Spartak" Yurmala Latviya chempioni sifatida kelasi mavsumda YCHL saralash bosqichidan o'z ishtirokini boshlaydi. Samvel Babayan YCHL doirasidagi o'yinda ishtirok etadigan ilk o'zbekistonlik mutaxassisga aylanishi mumkin.

Latviya chempionatining yangi mavsumi kelasi hafta start oladi. Babayan 1 aprel kuni Latviya chempionatidagi o'z debyutini "Elgava" jamoasiga qarshi o'tkazadi.


Manba: championat.asia