19 yoshli Xoland mavsumdagi beshinchi xet-trigini qayd etdi

Alisher
11 noya 2019, 18:01
"Zalcburg" hujumchisi Erling Xoland bu mavsum ajoyib ko'rsatkichlarni qayd etmoqda.

19 yoshli norvegiyalik futbolchi Avstriya chempionati 14-turi doirasidagi "Volfsberg"ga qarshi o'yinda 3ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Xoland uchun ushbu xet-trik mavsumdagi beshinchisi bo'ldi.

Futbolchi joriy mavsum "Zalcburg" safida 18ta o'yinda maydonga tushib, 26ta gol urishga erishdi.

Uning "Zalcburg" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan.

Futbolchi faoliyatini Norvegiyaning "Bryune" klubida boshlagan. Xoland aynan shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS