18 ta o'yinda 20 ta gol. Chiro Immobile to'purarlar poygasida Mauro Ikardidan o'zib ketdi

6 yanv 2018, 21:16
A seriya 20-turida 4 ta gol urgan italiyalik hujumchi Chiro Immobile to'purarlar poygasida peshqadamga aylanib oldi. Qolaversa, uning gollari “Lacio”ga 3 ochko taqdim etdi.

Immobile A seriyaning 18 turida maydonga tushdi va 20 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. U 6 marta penaltidan aniq foydalanishga muvaffaq bo'lgan. O'rta hisobda Chiro har 78 daqiqada 1 ta gol urishni uddalayapti.

“Inter” klubining argentinalik hujumchisi Mauro Ikardi hisobida esa 18 ta gol bor. U A seriyaning barcha - 20 ta o'yinida ham maydonga tushgan. “Yuventus” forvardi Paulo Dibala esa 14 ta gol bilan kuchli uchlikni yakunlagan. 


Manba: championat.asia