Zidan nima uchun "Manchester Yunayted"ga o'tmagani ma'lum bo'ldi

Aziz Tukhtamuradov
9 okt 2017, 15:10
"Manchester Yunayted"ning sobiq prezidenti Martin Edvards 1995 yilda Zidan transferi amalga oshmagani haqida gapirib o'tdi.
"Zidan "Bordo"da o'ynayotgan vaqtida bizning skaut Les Kershou u haqida aytgandi. Men esa Aleksga (Fergyuson) bu haqida aytgandim. U menga Erik Kantona Zidanni eslatib yuborayotganligini aytdi. Lekin, Aleksning fikricha, ular bitta nuqta futbolchilari edi.

Aleks Erik bilan shartnomani uzaytirish uchun ketganida bu haqida o'ylagan: agar u Kantona o'rniga Zidanni taklif qiladigan bo'lsa, o'sha nuqta kuchsizlanadi. Shu sababli, murabbiy Kantonani qoldirishni maqul ko'rgan", - deydi Edvards.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sky Sports