

Bu turda amaldagi chempion "Real" o'z maydonida "Valensiya"ni qabul qildi va 2:2 hisobida durang o'ynadi. Madridliklar safida har ikkala golni raqib darvozasiga Marko Asensio kiritdi. Shu tariqa, 21 yoshli ispan joriy mavsum barcha musobaqalarda darvoza tomon 6ta zarba berdi va 3ta gol urdi (50%). Solishtirish uchun, "Barselona" yetakchisi Lionel Messi joriy mavsum barcha musobaqalarda 30ta zarba berdi va 3ta gol urdi (10%). Ko'rib turganingizdek, hozircha Asensioning samaradorlik koefficienti Messinikidan 5 barobar yaxshiroq ko'rinishda.



