12 fevral kuni O'zbekistonda ikkita xalqaro o'yin bo'ladi

Narzulla Saydullayev
28 yanv 2019, 13:24
2019 yilgi Osiyo chempionlar ligasida O'zbekistondan 3ta klub ishtirok etadi.

Amaldagi chempion "Lokomotiv" o'z ishtirokini to'g'ridan-to'g'ri guruh bosqichdan boshlaydi. AGMK va "Paxtakor" klublari esa saralash bosqichida ishtirok etishadi.

12 fevral kuni "Paxtakor" Toshkentda Iroqning "Eyr Fors" klubini qabul qiladi. Mazkur bahs g'olibi 19 fevral kuni BAAda "Al Nasr" bilan guruh bosqichiga chiqish uchun o'ynaydi.




Xuddi shu kuni Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK Olmaliq shahrida Tojikistonning "Istiqlol" klubi bilan kuch sinashadi. Bu uchrashuvda kim g'alaba qozonsa 19 fevralda Saudiya Arabistonida "Al Nassr" mehmoni bo'ladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia