"Navbahor" braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Aslanov Jasurbek
11 yanv 2025, 12:35
Namanganning "Navbahor" jamoasi safida braziliyalik futbolchi paydo bo'ldi.

"Lochinlar" himoyachi Gilerme Gedesh bilan shartnoma tuzdi. Bu haqda "Navbahor" matbuot xizmati ma'lum qildi.

25 yoshli Gedesh faoliyati davomida "Ponte Preta", "Gremio", "Shapokoense", "Juventude", "Ipiranga" kabi jamoalarda to'p tepgan. Futbolchi Braziliya U20 terma jamoasi safida ham o'ynashga ulgurgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia