So’nggi yangiliklar

01:41А Серия. Аллақачон чемпионликка эришган "Интер" А Сериядаги иккинчи мағлубиятини қабул қилиб олди  5 01:23"Жирона" Чемпионлар лигасига чиқди! Жамоа тарихида илк бор еврокубокларда иштирок этади  1 01:00Саудия Арабистони чемпионати. "Ал Насср" ўз уйида йирик ғалабага эришди, Роналдудан хет-трик! Рақиб сафида Ал Бухорий ўйнади  7 00:51Роналду Саудия Арабистони лигасидаги сўнгги 5та ўйинда 3та хет-трик қайд этди  5 00:17"Улар жуда олдинлаб кетишган". Канчельскис Ўзбекистон ва Қозоғистон футболини таққослади  10 23:31"Реал" — Испания чемпионати ғолиби!  28 23:31Ла Лига. "Жирона" ўз уйида камбэк қайд этиб, "Барселона"ни мағлуб этди. Чемпион номи аниқ бўлди  85 23:27АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Вулверхэмптон"ни йирик ҳисобда таслим этди, Холанддан покер!  10 23:12Александр Хомяков: "Бизга чап оёқ етишмади"  8 23:04Иван Бошкович: "Ўйин вақтидаги эмоциялар нормал ҳолат"  11 22:35Бундеслига. "Штутгарт" - "Бавария" 3:1   3 22:30Бундеслига. "Боруссия Д" - "Аугсбург" 5:1   0 22:29Анчелотти Гюлер ҳақидаги саволга кескин жавоб қайтарди  5 22:15ЛаЛига. "Реал Мадрид" - "Кадис" 3:0   0 21:58"Боруссия" футболчиси оғир вазн сабаб клубдан кетади?!  2

Birinchi liga. "NBU-Osiyo" - "Cementchi". Prevyu Yangiliklar

Birinchi liga. "NBU-Osiyo" - "Cementchi". Prevyu

Yana bir necha kundan so'ng O'zbekiston birinchiligi 7-tur bahslariga start beriladi.

u turda jamoamiz "Cementchi" 1-may sanasida Toshkentda  "NBU-Osiyo" jamoasi mexmoni bo'ladilar.

Demak navbatdagi raqibimiz   “NBU-Osiyo” jamoasi xaqida! 

"NBU-Osiyo" jamoasi birinchi liganing  eng tajribali klublaridan biri hisoblanadi. Jamoa 2000 yili tashkil etilib, 2001 yildan birinchi liga musobaqalaridagi ishtirokini boshlagan. Etiborlisi shundaki, jamoani 2000-2003 yillarda tajribali mutaxassis, O'zbekistonda eng taniqli murabbiylardan biri Vadim Abramov boshqargan. Umuman olganda ushbu jamoani turli yillarda ancha tajribali va taniqli murabbiylar boshqarganligini ko'rishimiz mumkin. Abramovdan tashqari klubda keyingi yillarda Ilhom Mo'minjonov, Muxtor Qurbonov, Jafar Irismetov va Ravshan Bozorov singari murabbiy faoliyat olib borishgan. “NBU-Osiyo” klubi tashkil etilgan yildan shu kungacha yani, 16 yil uzuliksiz  O'zbekiston birinchiligi birinchi liga musobaqalarida muntazam ravishda ishtirok etib kelmoqda. 

Jamoa bu vaqt oralig'ida birinchi ligada quyidagi o'rinlarni egallagan;

Yil.   Egal-n o'rni.  Ochko

2001.           5.                51

2002.           4.                54

2003.           3.                73

2004.           3.                71

2005.           4.                63

2006.           4.                 67

2007.           8.                 55

2008.          11.                48

2009.          10.                43

2010.          16.                25

2011.          16.                 25

2012.           3.                  50

2013.           7.                  42

2014.           6.                  44

2015.            6.                 31

2016              5                 51    

"NBU-Osiyo" ayni paytda 8-pog'onani egallab turibdi.

“NBU-Osiyo” jamoasining eng yaxshi ko'rsatkichi 2003, 2004, 2012 yillarda -  3-o'rin.

“NBU-Osiyo” jamoasi bilan “Cementchi” qayta tuzilgandan so'ng, to'rt marotaba to'qnash kelishgan. Uchrashuvlarning 1tasida bankchilar g'alaba qozongan bo'lsa, 2 marotaba "Cementchi" ustun kelgan. Bir uchrashuvda durrang qayt etilgan. To'plar nisbati 4:2 kichik ustunlik quvasoyliklarda.

2015 yil 14 aprel

“NBU-Osiyo”- “Cementchi” 1:0  

2015 yil 2 iyul 

“Cementchi” – “NBU-Osiyo” 1:1

2016 yil 17 iyul


O'zbekiston birinchiligi 16-tur

 “Cementchi” – “NBU-Osiyo” 1:0

Gol: Raxmatillo Meliboev (66)

2016 yil 20 avgust.

O'zbekiston birinchiligi 21-tur

“Nbu osiyo” – “Cementchi”  0-2

Gollar: Sardor Sotvoldiev (65), Davron Isoqov (85)

“NBU-Osiyo” bu yilgi birinchi liga bahslarida 5ta uchrashuvda maydonga tushib 3ta g'alaba 2ta mag'lubiyat bilan raqiblar darvozasiga 10ta to'p kiritib o'z darvozalaridan 8ta to'p olib chiqqan. 

O'tkazilgan uchrashuvlar:

2-tur “NBU osiyo”  - “Yangier”  2:1

3-tur “NBU osiyo”  - “Zomin” 1:3

4-tur “NBU osiyo”  - “G'allakor” 3:0

5-tur “Xotira- 79” – “NBU osiyo”  2:3

6-tur “Lokomativ Bfk” – “NBU osiyo” 2:1


Jamoa bosh murabbiyi: Rufat Akramxo'jaev

“Bankirlar”ni bu yilgi mavsumga Rufat Akramxo'jaev tayyorladi. Asosiy etiborni yoshlarni tarbiyalashga qaratadigan mutaxassis yodingizda bo'lsa, 2015 yili jamoani qabul qilib olgandi. Dastlabki yil u yomon natija qayd etmadi. Akramxo'jaevga Rustam Oripov yaqindan yordam berib kelmoqda. SHuningdek “Andijon”dagi o'yinlari orqali muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Ikrom Ibragimovni ham aytish lozim. Akramxo'jaev boshqaruvni o'z qo'liga olgach, qo'rqmasdan bir qator yoshlarni asosiy tarkibga jalb etdi. Natijada yangi nomlar chiqa boshladi. Abbos Po'latov, Mirshohid Olimov, Ahmadillo Nazarov, Orif Abdug'aniev, Sarvar Safarov hamda Muhammadjon Sultonov. 

Ushbu mavsum boshidan Akramxo'jaev o'z ananasiga sodiq qolgan holda yana tarkibni deyarli yosh iqtidor egalari hisobiga yangiladi.

Yangilangan tarkibda o'tgan mavsumda jamoa tarkibida faoliyat olib borgan Orifxo'ja Abduxoliqov, Soyib Safarov, Orifjon Abdug'anievlarni ko'rishimiz mumkin. Demak hulosa qilib aytganda navbatdagi raqibimiz “NBU Osiyo” birinchi liga musobaqarida doimiy kuchli beshtalikka harakat qiladigan jiddiy klublardan hisoblanadi!

“Cementchi”ning O'zbekiston birinchiligi 7-tur ba=slari doirasida 1-may kuni Toshkent shahrida jiddiy raqib “NBU Osiyo” klubiga qarshi navbatdagi uchrashuvida omad tilab qolamiz!


“Cementchi” jamoasi matbuot kotibi Zuxriddin Abdullajonov


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика