Zuma 6 oyga safdan chiqdi va EVRO-2016ni o'tkazib yuboradi
09 fev 2016 07:34
Yangiliklar


Zuma 6 oyga safdan chiqdi va EVRO-2016ni o'tkazib yuboradi
CHelsi himoyachisi Kurt Zuma tizzasidan olgan jarohati haqida gapirib berdi.
Tibbiy tekshiruv paylarimni shikastlab olganimni ko'rsatdi. Operaciya shu haftada amalga oshiriladi va maydonga yanada kuchli bo'lib qaytaman. Qo'llab quvvatlagan barchaga rahmat, – deb yozadi Zuma tvitterdagi o'z sahifasida.
Zuma kamida 6 oy davolanishi kerak. SHunday qilib, futbolchi bu mavsumda boshqa maydonga tusha olmaydi va yozda Franciyada bo'lib o'tadigan Evropa chempionatida ham ishtirok eta olmaydi. Zuma Angliya chempionatida Manchester Yunaytedga qarshi o'yinda (1:1) erga noqulay yiqilganida jarohat olgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar