"Zorro" Fonseka Ukrainada yil murabbiyi bo'ldi + FOTO
09 dek 2017 20:09
Yangiliklar
"Zorro" Fonseka Ukrainada yil murabbiyi bo'ldi + FOTO
Ukraina poytaxti Kievda yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Unga ko'ra, Doneckning "SHaxtyor" klubi bosh murabbiyi Paulo Fonseka Ukrainaning o'tgan yilgi eng yaxshi murabbiyi sovrinini qo'lga kiritdi. Bu haqda "konchilar" rasmiy tvitteri xabar berdi.
2017 yilda portugaliyalik mutaxassis jamoa bilan Ukrainadagi barcha uchta sovrinni qo'lga kiritdi. SHuningdek, "SHaxtyor" uning qo'lostida CHempionlar ligasida 1/8 finalga chiqdi.
Bundan tashqari, "SHaxtyor"ning asli kelib chiqishi braziliyalik bo'lgan ukrain yarim himoyachisi Marlos mamlakatda yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Fikrlar