So’nggi yangiliklar

20:17"Верона" — "Ювентус". Таркиблар маълум  1 20:15Суперлига. "Нефтчи" – "Динамо" 1:1 (матнли трансляция)  27 20:12"Бухоро" ўз тарихида биринчи маротаба "Навбаҳор"га 3тадан кўп гол урди   1 19:59Суперлига. "Бухоро" "Навбаҳор" дарвозасига жавобсиз 5 та тўп киритди  83 19:53"Сабаҳ" — "Туран". Раҳмоналиев асосий таркибда  1 19:26Зиданнинг 27 ёшли ўғли Люка спорт фуқаролигини Жазоирга ўзгартирди  0 18:55Суперлига. "Хоразм" ўз уйида "Қўқон-1912" билан дуранг ўйнади  11 18:41"Реал" — "Эспаньол". Таркиблар маълум  18 18:35АПЛ. "Ливерпуль" Мерсисайд дербисида қийин ғалабага эришди  11 17:42"Хоффенхайм" — "Бавария". Таркиблар маълум  2 17:08Футзал. Ўзбекистон Фаластинни тор-мор этди  16 16:41Рубен Санчес: "Мухлисларимизни яна бир бор ранжитишга ҳаққимиз йўқ эди"  0 16:02Тимур Кападзе Хитой мураббийи бўлиши ҳақидаги саволга аниқ жавоб берди  54 14:12"Шўртан" ва "Пахтакор" ўртасида нурсиз дуранг қайд этилган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:45ОКМК "Бунёдкор"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0

Shomurodovning sobiq klubdoshi, Afrika qitasining eng yaxshi futbolchisi, 2021 yil dunyoning eng yaxshi darvozaboni. Bugun "Nasaf"ga qarshi kimlar o'ynaydi? Yangiliklar

Shomurodovning sobiq klubdoshi, Afrika qitasining eng yaxshi futbolchisi, 2021 yil dunyoning eng yaxshi darvozaboni. Bugun "Nasaf"ga qarshi kimlar o'ynaydi?

Bugun qitamizda Elit Osiyo chempionlar ligasi start oladi.

O'zbekistonning amaldagi chempioni "Nasaf" klubi 1-turni Saudiya Arabistonida Elit Osiyo chempionlar ligasining amaldagi chempioni Jiddaning "Al Ahli" klubiga qarshi maydonga tushadi. "Al Ahli" safida ko'plab legionerlar bor. Quyida ular bilan tanishamiz:


Rojer Ibanes

26 yoshli braziliyalik markaziy himoyachi. 2023 yilda Italiyaning "Roma" klubidan "Al Ahli"ga o'tgan. Undan oldin "Atalanta", "Fluminense" kabi klublarda to'p tepgan. Ayni paytda Braziliya terma jamoasi azosi va sentyabr oyidagi Jahon chempionati saralashi doirasidagi o'yinlarga chaqiruv oldi va Boliviyaga qarshi maydonga tushadi. Ibanes "Roma" safida Shomurodov bilan birgalikda Konferenciyalar ligasida g'olib bo'ldi, 2023 yilgi Evropa ligasida ham zafar quchdi. "Al Ahli" bilan o'tgan mavsum Elit OCHL g'olibiga aylandi. Saudiya Arabistoni klubi futbolchini Rim klubidan 28,5 million evro evaziga xarid qilgan edi. Transfermarkt hozir uning narxini 17 million evroga baholamoqda.



Riyad Mahrez

Ortiqcha tarifga muhtoj bo'lmagan futbolchi. Ko'pchilik uni "Lester"dagi o'yinlari va 2016 yil bu klub bilan sensacion tarzda Angliya chempioni bo'lgani bilan tanigan. Keyinroq "Manchester Siti"da 5 mavsum stabil to'p tepdi va Angliyadagi barcha sovrinlarga ega chiqdi. 2023 yilda esa "Siti" bilan Evropa chempionlar ligasida zafar quchdi. Mahrez 2023 yil yozida 35 million evro evaziga "Al Ahli"ga ko'chib o'tdi va ham Evropa, ham Osiyo chempionlar ligasida ham g'olib chiqqan kam sonli futbolchilardan biriga aylandi. Mahrez Jazoir terma jamoasida 2014 yildan buyon 105 ta o'yin o'tkazgan va 32 ta gol urishga erishgan. 2019 yilda terma jamoa bilan birga Afrika chempioni bo'lgan. 2016 yilda Riyad Mahrez Afrika qitasining eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan. Ayni paytda transfermarkt 34 yoshli futbolchini 8 million evroga baholamoqda. Taqqoslash uchun "Nasaf"ning umumiy narxi 9,73 million evroga teng.



Enco Miyo


Ko'pchilik uchun notanish, lekin transfermarkt portali bo'yicha ayni paytda "Al Ahli"ning eng qimmat futbolchisi - 35 million evro. Franciyalik yarim himoyachi shu yilning avgust oyida "Shtutgart"dan 30 million evro evaziga sotib olindi. 23 yoshli futbolchi 2021 yilda "Monako" asosiy tarkibida deyarli o'ynamay Germaniyaga ketgan va u erda 4 yil to'p tepdi. Franciyaning deyarli barcha yosh toifadagi jamoalarida o'ynab chiqdi. 2019 yil U-17 Jahon chempionatida uchinchi o'rin, o'tgan yil Franciya olimpiya terma jamoasi safida Olimpiyada kumush medallarini qo'lga kiritdi. Shu mavsum boshida "Al Ahli"ga kelib hozirgacha 5 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirishga ulgurdi.



Galeno

Venderson Rodriges du Nasimentu Galeno qisqa qilib aytganda Galenoni "Al Ahli" 2025 yil yanvar oyida "Portu" klubidan oz emas, ko'p emas naq 50 million evro evaziga sotib olgan. 27 yoshli vinger "Braga" va "Portu" safida Portugaliyadagi barcha sovrinlarni qo'lga kiritgan. Galeno 2020 va 2021 yillarda Evropa ligasida eng yaxshi assistentlar qatoridan joy olgan. Transfermarkt portaliga ko'ra, futbolchi 2015 yildan buyon professional faoliyati davomida 398 ta o'yinda maydonga tushib, 105 ta gol urgan va 81 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Galeno Braziliya milliy terma jamoasida faqat bir marta maydonga tushgan. 2024 yil mart oyida Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida Ispaniyaga qarshi kechgan o'rtoqlik uchrashuvining oxirgi 8 daqiqasi uchun zaxiradan o'yinga qo'shilgan Galeno jamoasi uchun penalti ishlab bergan va o'sha penaltidan urilgan gol Braziliyani mag'lubiyatdan qutqarib qolgandi - 3:3.



Eduar Mendi

"Chelsi"dagi ajoyib o'yinlari bilan muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan futbolchi 2023 yilning yozidan buyon "Al Ahli" darvozasini qo'riqlab kelmoqda. London klubi senegallik posbonni 18,5 million evro evaziga Saudiya Arabistoniga qo'yib yuborgan edi. 33 yoshli Mendi 2021 yilda "Chelsi"da UEFA chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi, FIFA klublar o'rtasidagi Jahon chempionati kabi musobaqalarda g'olib chiqdi. O'sha yil Senegal safida Afrika millatlar kubogi sohibiga aylandi va FIFA talqiniga ko'ra 2021 yil dunyoning eng yaxshi darvozaboni deb tan olindi. Mendi ham Evropa, ham Osiyo chempionlar ligasida g'olib chiqishdan tashqari mana shu ikki qita chempionlar ligasida mavsumning eng yaxshi darvozaboni deb topilgan. Eduar Mendi bu mavsumdan boshlab "Al Ahli"ning birinchi sardori hisoblanadi.



Ayven Touni

Angliya terma jamoasi hujumchisi 2024 yil yozida "Brentford"dan 42 million evro evaziga xarid qilingan. U Angliya premer-ligasida 85 ta uchrashuvda maydonga tushib, 36+11 ko'rsatkichini qayd etgan. Touni Saudiya Arabistonida boshlangan yangi mavsumda hozirgacha 5 ta o'yinda maydonga tushib 5 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Angliya terma jamoasi safida 2024 yilgi Evropa chempionati kumush medali sohibiga aylangan. Ayni paytda transfermarkt portaliga ko'ra, hujumchining transfer narxi 25 million evroga teng.



Mateus Gonsalvesh

Shu yilning 1 sentyabr kuni "Flamengo" klubidan 9 million evro evaziga sotib olingan 20 yoshli vinger. Kelajak uchun xarid qilingan Gonsalvesh hozircha "Al Ahli" safida umuman maydonga tushgani yo'q. Deyarli hech kim tanimaydigan futbolchini transfermarkt 7 million evroga baholamoqda.



Merih Demiral

"Yuventus" va "Atalanta" kabi klublardagi faoliyati orqali o'zbek futbol muxlislariga yaxshi tanish bo'lgan turkiyalik markaziy himoyachi. 27 yoshli Demiral Turkiya terma jamoasida 57 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urishga erishgan. Uni "Al Ahli" 2023 yil yozida "Atalanta"dan 17 million evroga sotib olgandi. Futbolchi "Yuventus" safida Italiya chempioni, Italiya kubogi va Superkubogi sohibiga aylangan.



Matteo Dams


2025 yil yanvar oyida Niderlandiyaning PSV klubidan 9 million evro evaziga sotib olingan chap qanot himoyachisi. 21 yoshli futbolchi o'tgan mavsum "Al Ahli" safida bir qator o'yinlarda ishtirok etdi, Elit OCHLda g'oliblikka ham o'z hissasini qo'shdi. Biroq yangi boshlangan mavsum Saudiya Arabistoni ligasidagi legionerlar limiti tufayli birinchi davra uchun ro'yxatdan o'tkazilmadi.



Frank Kessi

To'p tepgan klublari bo'yicha ayni paytda "Al Ahli"ning haqiqiy yulduzi. Kessi "Atalanta", "Milan" va "Barselona"dagi faoliyat olib borganini ko'pchilik yaxshi biladi. Ivuarlik tayanch yarim himoyachisi 2023 yil yozida 12,5 million evro evaziga Jidda klubida ko'chib o'tgandi. Ayni paytda 28 yoshli futbolchining transfer narxi 14 million evroga teng. Kot-d'Ivuar terma jamoasida 92 ta o'yinda maydonga tushgan va 13 ta gol urishgan Frank 2023 yil Afrika millatlar kubogida g'olib bo'lgan. "Milan" safida Italiya chempioni, "Barselona"da Ispaniya chempioni va Superkubogi sohibi bo'lgan.


Reyting: -1   

Fikrlar

+5   
15 sen 12:24:20
Azim Ismailov
Э хе буларни хаммаси тушса насафга кийин эмас жуда кийин булади лекин насафга омад тилайман
+4   
15 sen 12:59:59
Алёш ака
Агар шу ал Аҳлини соб кеса транфермаркет сайти хуййет қиб қолардида. Уйинчиларимизнинг нархи кескин ошиб кетармиди
+3   
15 sen 14:53:40
Адхамжон Низамов
Хар хил инсонлар борда,уларда Ватан ва миллат хисси йук.Яхши ният килиб Насафга омад тилаб куявер.Ахир Насаф Узбекистон номидан уйнайди.Хохламасанг,негатив фикр билдирмасдан кисишиб утир.(Бетараф мухлис).
+3   
15 sen 12:33:29
Аллаёров Ёдгор
voyyyy !!!!buncha qurqinchli bular nasafnigina emas butun ōzbekiston futbolidan xam stadioni bilan qushib yutib yuboradiku
+2   
15 sen 14:00:54
QosimNozimBavariyaChmpn
Avvalom bor Nasafga oʻxshashi yoʻq.
Roʻzi aka juda xotirjam inson va aqlli futbolchilarga bosim qilib shoshirib qoʻymaydi. Hammasi oʻzini ishini qiladi Nasaf bunaqa katta klublar oʻynashni biladigan Uzbdagi eng yaxshi klub. Koʻrasilar Ahli qiynaladi.
Omad yigitlarimizga.
+1   
15 sen 17:11:00
mirabzal
бугун гасафга нон йук хакикати тан олилик була насафдан зуриниям ер тишлатган
+1   
15 sen 13:24:29
Рома
Хаммаси Х....а ютса булади йоки дурранг уйнаса булади.Майдон текис туп юмалок.Омад Тилаймиз юртимиз жамоаларига осийо ЧЛ да.Андижонга хам омад Насафга хам ОМАД!!
+1   
15 sen 12:49:26
Navruzbek Jurayev
Nasaf o`z uslubida uynasa yutadi xudo xoxlasa. Bir vaqtlar Qatarning al sadd jamosi ham shunaqa qo`rqinchli kuringandi, Lekin yutganmiz. Qisqasi qo`rqmanglar, qo`rqmanglar hammasi nazorat ostida.
   
15 sen 20:23:21
Mashhur Mulladjonov
Bonu Koulibali Savic Navas Malcon Neymar Dowsari Boulayhi lari bor HILOL bilan tengma-ten o'ynagan NAVBAHOR safarda, NASAF o'yinni nazorat qilish, kontr-atakada pressing qilishda Navbahordan ancha kuchlik, ijobiy natija qilsa bo'ladi NASAF dan. Good luck guys from "ANDIJON"
   
15 sen 17:17:22
Odilbèk0177
Хозир футболда номга караб уйналмайди Навбахор хам ничья килиб келганди неймарчаларни ёриб таша Насаф омад
   
15 sen 16:54:10
Nurbek Suyarov ????????
Narzullaboy Nasafga bir tegib ketmasang bo'lmaydida! Informatsiyangga qoyilamasman!
   
15 sen 16:23:26
uzbuzb
Вахимага хожат йуқ,фалон жамоада пистон жамоада уйнаган,нархи фалон пул дегани билан булар уже араб футболи қолипига тушиб булган,Насафчилар довдираб узини юқотиб қуймай уз уйинини уйнаса бу юлдузларга уз уйида Қаршини уткир заказной носвойдан чакдириб қайтишади
   
15 sen 15:20:31
Azamat Turgunov
Адхамжон Низамов foydalanuvchining fikriga javob berish
Хар хил инсонлар борда,уларда Ватан ва миллат хисси йук.Яхши ният килиб Насафга омад тилаб куявер.Ахир Насаф Узбекистон номидан уйнайди.Хохламасанг,негатив фикр билдирмасдан кисишиб утир.(Бетараф мухлис).
Nasaf yutishini xoxliman Messi bn Ranaldusi bôsayam Alahlida lekin mustaqil fikr bildirishi bu ózini xoxishi sizga nima qanaqa fikr bildirishi yokida saytdan rôyxatdan ótvotganida talab va shartlada yozib qóyumidi sizga yoqadigan fikr bildirishi kere digan? Xammani ózini miyasi bor xoxlagancha yozadi
   
15 sen 15:13:36
Тўлқин Хайит
Бир ютиб келингларда қани нима бўлар экан.
   
15 sen 14:30:51
Бахтиёр Ашуров
Rаsul Matkarimov foydalanuvchining fikriga javob berish
Ўйиндан олдин бунақа мақола чиқариб футболчилани духини ўлдирмела. Майдон текис тўп юмалоқ хамма жамоани ютса бўлади, мухими жамоага бўлган ишонч, бирдамлик ва шунга ўхшаш нарсала, лекин була бугун ёрдам бермиди)))
Мана шу ҳабар чиқуничаям бир иккитаси: рақиб ҳақида бирортаям ҳабар йўқ - деб роса ҳархаша қилишди. Энди бўлса бунақа гап. Блогерлар ўз ишларини қилишиябди. Ҳар ҳил шунақа мақолалар чиқиб турса яхшику. Ҳаммагаям бирдек ҳуш келишни сира ҳам, иложи йўқ!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика